2022 yil, 11 noyabr

RIM – Xalqaro Bahoiy Hamjamiyatining Jenevadagi bo‘limi yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti qarorgohida qishloq xo‘jaligi ta’lim tizimini rivojlantirish qishloqlardagi yosh kichik fermerlarning muammolari va voqe’liklarini qanday hal qilishi mumkinligini o‘rganish uchun davra suhbatini tashkil etdi.

Muhokama Xalqaro Bahoiylar Hamjamiyatining (XBH) oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha diskursiga hissa qo‘shish, insoniyatning birligi, ilm-fan va din uyg‘unligi va adolat kabi ma’naviy tamoyillarni barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini qurishda qo‘llashni o‘rganish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlari doirasida o‘tkazildi. Xalqaro Bahoiylar Hamjamiyatining tadbiri bu yilgi Umumjahon oziq-ovqat forumiga to‘g‘ri keldi va FAO vakillari, Yevropa yosh fermerlar kengashi (CEJA) direktori va Bahoiy g‘oyalaridan ilhomlangan tashkilotlar bilan hamkorlik qiladigan tadqiqotchi olim ishtirok etdi.

Xalqaro Bahoiylar Hamjamiyatining Jeneva bo‘limi vakili Simin Faxandej o‘zining kirish so‘zida shunday dedi: “Dunyoning ko‘p joylarida yoshlar nomutanosib muammolar va zaifliklarga duch kelganligi sababli qishloq xo‘jaligini xavotirli sur’atlarda tark etmoqdalar”.

XBH davra suhbati ishtirokchilari (chapdan): Sanem Kavrul, – Bahoiy g‘oyalaridan ilhomlangan Afrika davlatlarining Sahara janubidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladigan tadqiqotchi olim; Diana Lenzi, – yosh fermer va Yevropa yosh fermerlar kengashi (CEJA) prezidenti; Simin Faxandej, – Xalqaro Bahoiylar Hamjamiyatining Jenevadagi bo‘limidan; Jenna Tesdall, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha yosh mutaxassislar direktori (YPARD); va Kristina Petrakki, – elektron ta’lim bo‘limi rahbari.

Ushbu qiyinchiliklardan ba’zilari, – tahsil olishga imkoni cheklanganligi; dehqonchilik malaka va rasmiy ma’lumotni talab qilmaydi, degan tasavvurlar; qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ba’zi universitet dasturlari nazariyaga qaratilgan bo‘lib, yoshlar bu nazariyani o‘z qishloqlarida duch keladigan amaliy muammolarga qo‘llashda qiynalganligi.

Tadqiqotchi olim Sanem Kavrul, qishloq xo‘jaligi tadqiqot dasturlari orqali ushbu qiyinchiliklarning ba’zilarini hal qilishga intilayotgan, Bahoiy g‘oyalaridan ilhomlangan Afrika davlatlarining Sahara janubidagi tashkilotlar tarmog‘i orqali olingan tushunchalarni o‘rganib chiqdi.

Ushbu tashkilotlar “qishloq xo‘jaligi fanlari va dehqonchilikka bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishga… shuningdek, yoshlarning ilmiy, texnologik va axloqiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning voqe’liklariga taalluqli qishloq xo‘jaligi bilimlarini yaratish, qo‘llash va tarqatishda sanoqli hissa qo‘shishga intiladi”, — dedi Kavrul xonim.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Bahoiylarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlari aholi nafaqat yordam oluvchi, balki o‘zlarining moddiy, ma’naviy va intellektual rivojlanishining bosh qahramoni bo‘lishi kerak degan tamoyilga asoslanadi.

Bu asosiy tamoyil, Bahoiy g‘oyalaridan ilhomlangan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan dasturlar ishtirokchilariga o‘z jamoalarida qolish va ularning ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy voqe’ligiga mos keladigan qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagini uyg‘otadi.

Kongo Demokratik Respublikasining Shimoliy Kivu hududidagi Bahoiy g‘oyalaridan ilhomlangan tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi tashabbuslari

Kavrul xonim buni, yoshlarning ham ilm-fandan, ham dindan bilim olish qobiliyatini oshiruvchi tashkilotlarning sa’y-harakatlari natijasidir, deb tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturlar ishtirokchilarda kuchli maqsad tuyg‘usini uyg‘otadi, ularning salohiyatini rivojlantirishga va jamiyatni tubdan o‘zgartirishga hissa qo‘shishga yordam beradi. “Bu yoshlarga ishlab chiqarish jarayonida tabiiy ravishda yuzaga keladigan har qanday qiyinchiliklarni, jumladan, iqtisodiy noaniqlik davrlarini ham engish imkonini beradi”, dedi Kavrul xonim.

Yig‘ilishda ta’lim tizimini rivojlantirishga kollegial yondashish muhimligi ta’kidlangani kabi boshqa fikrlar ham bildirildi. FAO elektron ta’lim akademiyasi rahbari Kristina Petrakki bunday tizimlar “mahalliy amaliyot va an’analarni birlashtirish” va yosh qishloq fermerlarining ehtiyojlari va voqe’liklariga javob berishga intilishini aytdi.

Xalqaro Bahoiylar Hamjamiyati hozirgi vaqtda Misrda bo‘lib o‘tayotgan COP27 deb nomlanuvchi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2022 yil – Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha anjumanida boshqa mavzular qatorida barqaror oziq-ovqat tizimlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettiradi.

XBH tomonidan davra suhbati davomida ko‘tarilgan mavzular yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida ajratilgan guruhlarda qo‘shimcha ravishda o‘rganildi.