XALQARO BAHOIY MARKAZI – Hozirda Abdul-Baho Ziyoratgohi va Rizvon bog’iga tashrif buyuruvchilar va ziyoratchilarni kutib oladigan «Akko Ziyoratchilar» markazida ustida qurilish ishlari boshlandi.

Ziyoratgoh qurib bo’lingandan so’ng, o‘z muhabbat va sadoqatlarini izhor qilish uchun uzoq masofalarni bosib kelgan mehmonlar «Akko Ziyoratchilar» markaziga kelib, Abdul-Bahoning so’nggi manzilida duolar va munojot qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

Ziyoratgoh Rizvon bog‘i yaqinida joylashgan bo‘lib Abdul-Baho tomonidan asosan surgun va qamoqda o’tgan Bahoulloh umrining so’nggi yillarida orom topadigan joy sifatida tanlangan.

Ziyoratchilar markazi hududning shimoli-sharqiy burchagida, Rizvon bog’ining to’g’ridan-to’g’ri shimolida va Abdul-Baho Ziyoratgohining sharqida joylashgan bo’ladi. Majmua uchta binodan iborat bo’ladi: binolarning eng kattasi ziyoratchilarni qabul qilish markazi, ziyoratchilar markazi ob’yektning shimoliy darvozasi yaqinida joylashgan va kommunal bino sharqiy devor bo’ylab joylashgan.

Elektr, suv va drenaj uchun tuproq hamda infratuzilma allaqachon yakunlangan va bino poydevori uchun qoziqlar qurilishi shu hafta boshida boshlangan. Quyidagi rasmlarda dizayn visual tasvirlari va hududning ayni paytdagi holati ko’rsatilgan.

(Dizayn vizual tasviri) Gʻarbga qaragan ushbu vizual tasvirda Rizvon bogʻi va Abdul-Baho Ziyoratgohi tomonida yangi binolarning joylashuvi aks etgan. Loyiha bajarilgach, ziyoratchilar va tashrif buyuruvchilar sharqiy darvoza orqali maydonga kirishadi, u erda ular yo’lak bo’ylab Ziyoratgohga meditatsion holatda ziyorat qilishlarini osonlashtirishga mo’ljallangan Akko Ziyoratchilar markaziga kirishlari mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagi rasmda Ziyoratchilar markazining binolari uchun tayyorlanayotgan poydevor ko’rsatilgan.
(Dizayn vizual tasviri) Ziyoratchilar va tashrif buyuruvchilar – Ziyoratchilar markazidan Abdul-Baho davridan beri mavjud bo’lgan tarixiy yo’lak (markazdan o’ng tarafda) bo’ylab o‘tadilar.
Ziyoratchilar markazining poydevori ustida ish boshlanar ekan, Ziyoratgohning o’zida ham qurilish jadallik bilan davom etmoqda. O’ng tomon orqa fonida eski Akko shahrini ko’rish mumkin.
(Dizayn vizual tasviri) Ushbu vizual tasvirda shimoliy darvozadan ko’rinish aks etgan, bunda markazdan pastga yo’naladigan tarixiy yo’lak, o’ngda Ziyoratgohning sharqiy bermasi va chapda “Akko Ziyoratchilar” markazini ko’rish mumkun.
(Dizayn vizual tasviri) Ushbu vizual tasvirda shimoliy darvoza yaqinida joylashgan ziyoratchilar markazi ko’rsatilgan. Gidlar bu yerda tashrif buyuruvchilarga maskanning tarixi va ahamiyatini tushuntirib beradilar.
(Dizayn vizual tasviri) Ziyoratchilar binosidan g’arb tomonga qaraganda, Ziyoratgohning sharqiy bermasini ko’rish mumkin bo’ladi.
Rizvon bog’iga va Abdu’l-Baho Ziyoratgohining darvozasiga olib boradigan tarixiy yo’lak.
1875-yilda – Bahoulloh qamoq shahar Akkoga qamalganidan sakkiz yil o‘tgach, Abdul-Baho o‘sha paytgacha yigirma yildan ortiq qamoq va surgun azobini boshidan kechirgan Otasi uchun bu ajoyib bog‘ni yaratdi. Bahoulloh bog‘ni “jannat” ma’nosini anglatuvchi “Rizvon” deb atagan.
Bahoulloh bog‘ni “yashil orol” deb ham atar edi.
Bog‘ni ziyorat qilish mobaynida Bahoulloh bu binoning yuqori xonalarida qolar edi.

Ayni paytda, Ziyoratgohning o’zida ish davom etmoqda, endilikda markaziy maydonni qamrab oladigan panjara(shpaler) ustidagi ishlarni engillashtirish uchun iskala(havoza) tayyorlanmoqda.