Aziz do’stlar!

O’zbekiston Bahoiylari Ruhoniy Kengashi dunyodagi so’nggi voqealarni inobatga olgan holda va hukumatimiz tomonidan ko’rilayotgan ogohlantirish choralari asnosida barcha do’stlardan osoyishtalikni saqlashga hissa qo’shish, bezovtalik va tushkunlikka tushishimizga yo’l qo’ymaslik, aksincha ibodat, xizmat, mehr-muhabbat, qo’llab-quvvatlash va umid kabi ruhiy kuchlarga ko’proq tayanishimizni so’rab murojaat etadi.

 Biz ko’plab ibodatlar bilan yarlaqalanganmizki, ulardan o’zimizga kuch topamiz, chunki Olloh «O’zining buyrug’iga binoan, zillatni izzatga, zaiflikni kuchga, kuchsizlikni qudratga, qo’rquvni xotirjamlikka  va shubhani ishonchga aylantiradi».

Bunday paytlar bizga oilamiz a’zolari va yaqinlarimiz bilan vaqtni o’tkazishimiz va ko’proq Muqaddas Bitiklarni mutolaa qilib, o’rganishga bag’ishlashimizga imkon beradi, ma’naviy va moddiy voqe’lik o’rtasidagi bog’liqlikni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Tabiiy ofatlar kuchayganda, ruhiy holatimiz atrofimizdagi voqe’likka ta’sir qilishi mumkinligi yodda tutishimiz kerak.

Yuz berayotgan voqealar kontekstida, biz insoniyat oilasining birligini va biz bir-birimiz bilan qanchalik chambarchas bog’liqligimizni ko’proq anglayapmiz. Ushbu sinov soatidagi eng maqbul narsa bu mamlakatimiz va butun insoniyat farovonligi va himoyasi uchun ibodat qilish, shuningdek, zarur xavfsilik choralarni ko’rishdir.

“Mo’l-ko’llikda saxiy bo’ling  va baxtsizlikda shukr qiling. Yaqiningizning ishonchiga loyiq bo’ling va unga yorqin va do’stona nigoh bilan qarang. Kambag’allar uchun xazina, boylar uchun nasihatchi, muhtojlar chaqirig’iga javob, kafolati muqaddasligining vasiysi bo’ling. Hukmda beg’araz va nutqda ehtiyot bo’ling. Hamma bilan adolatli bo’ling va har bir kishiga mukammal yumshoqlikni namoyon eting. Zulmatda adashganlarga yorug’lik, motam tutganlar uchun tasalli, chanqaganlar uchun buloq, nochorlar uchun boshpana, jabrdiydalarning himoyachisi va tarafdori bo’ling. Poklik va solihlik barcha ishlaringizni ajratib tursin.                                                                  Sayyoh uchun boshpana, iztirobdagilar uchun malham, qochoqlar uchun ishonchli qal’a bo’ling. Ko’zi ojizning ko’zi va adashganning yo’l ko’rsatguvchi nuri bo’ling. Haqiqat yuzining ziynati, sadoqat manglayining toji, taqvo ehromining ustuni, insoniyat tanasi uchun hayot nafasi, adolat qo’shinining bayrog’i, fazilatlar samosining yulduzi, inson qalbi zamini uchun namlik, bilim ummonining kemasi, saxiylik samosining quyoshi, donolik tojining javoxiri, avlodingiz ko’k gumbazida yorqin chiroq va kamtarlik daraxtining mevasi bo’ling”.

Hazrati Bahoulloh

Sizning O’zbekiston Bahoiy Milliy Ruhoniy Kengashingiz