O‘zbekiston Bahoiy Hamjamiyati nomidan O‘zbekiston Musulmonlari idorasini va sizning nomingizdan barcha musulmon do‘stlarimizni Muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklaymiz.

 Ushbu muqaddas kunlarda ro‘zaga amal qilayotganlarning barchasiga chin yurakdan cheksiz quvvat (tuganmas kuch, quvvat), sabr, sihat-salomatlik (sog‘lik) tilaymiz.

Biz hammamiz bilamizki, ibodat qilish va ro‘za tutish Ollohga iymonining asosi bo‘lib, ularga rioya qilish bizga umid, iymon va saxovat manbai bo‘lish uchun kuch beradi, boshqalarning ehtiyojlarini o‘z ehtiyojlarimizdan ustun tutishga yordam beradi, ma’naviy (ruhiy) ozuqadan mahrum bo‘lganlarga buni olish imkoniyatini berib, savollarimizga javob topishga yordam beradi.

Biz xalqimiz qalbi xotirjam bo‘lishi uchun va Olloh inoyati butun insoniyat ushbu og‘ir damlarda tahsil olishi, mol-mulki, uylari yoki hatto kundalik nonu nasibalari xavf ostida bo‘lganlarning hammasini qamrab olishi uchun barcha duolarga qo‘shilamiz. Siz uchun va sizga aziz bo‘lganlar va barcha vatandoshlarimiz uchun Ollohga ibodat qilamiz va Undan yarlaqalashini, marhamatini va himoyasini so‘raymiz.

O‘ZBEKISTON BAHOIYLAR HAMJAMIYATI