O‘zbekiston Bahoiy Hamjamiyati nomidan O‘zbekiston Musulmonlari idorasini va sizning nomingizdan barcha musulmon do‘stlarimizni Muqaddas Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz.
Musulmon olamining eng Muqaddas bayrami – Ramazon oyi xayrli bo’lsin.
Pandemiya bilan bog’liq mamlakatdagi vaziyat yumshaganiga biz hammamiz guvohmiz, biroq biz uning oqibatlarini oldindan ko’ra olmaymiz. Barcha dinlarning Muqaddas bayramlari Olloh E’tiqodining asosiy ustunlaridir va ularga rioya qilish bizga umid, iymon va saxovat manbai bo’lish uchun kuch beradi. Ammo, barchamiz tushunganimizdek, hozirgi inqiroz Muqaddas kunlarni nishonlash kontekstini o’zgartirdi, unda ushbu kunlarni oila va yaqinlarimiz davrasida nishonlash imkoniyati mavjud. Biz, hamma kabi, mamlakatimiz va vatandoshlarimiz, aka-uka va opa-singillarimiz ushbu yangi voqelikka moslashishda katta yutuqlarga erishganidan xursandmiz.
Ushbu Muqaddas kunlarda xalqimizning qalbini xotirjam qilish va Olloh inoyati barchamizga va siz uchun aziz bo’lganlarga va barcha yurtdoshlarimizga nasib qilishi uchun hamma ibodatlarga qo’shilamiz va Undan yarlaqalashini, marhamatini va himoyasini so‘raymiz.
O‘ZBEKISTON BAHOIYLAR HAMJAMIYATI