Ushbu yorqin bayram quvonch va umid baxsh etadi, imonlilarni ma’naviy manbalarga jalb qiladi va ularni xristian qadriyatlari atrofida birlashtiradi.

 Chuqur hurmat hissi bilan mamlakatimizda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, dinlararo va millatlararo muloqotni rivojlantirishda xristian konfessiyalarining samarali ishlarini qayd etamiz.

Albatta, ularning jamiyatda yuksak ma’naviy-axloqiy ideallarni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishdagi hissasi katta. Rojdestvoni nishonlayotgan barcha masihiylarga, sog’liq, muvaffaqiyatlar va farovonlik tilaymiz.