2020 yil 16-noyabr, Toshkent, O‘zbekiston – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida “Diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda Markaziy Osiyo davlatlarining tarixiy qadriyatlarni o‘rganish va yoritish masalalari” mavzusida Xalqaro Onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada akademik jamoatchilik vakillari, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, davlat tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasining diniy konfessiyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Bahoiy Jamoasi (O‘zbekiston Bahoiy Jamoasi), shuningdek Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan mehmonlar va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi.
Xalqaro onlayn anjuman do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar o‘zaro ta’sir o‘tkazish va yaqin hamkorlik orqali bag‘rikenglikni idrok etishda yangi tushuncha bilan o‘rtoqlashdilar.
“Tarixiy jihatdan O‘zbekiston millatlararo, dinlararo va madaniyatlararo bag‘rikenglik mamlakati”, – deya ta’kidladi Xalqaro aloqalar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik qo‘mitasi bo‘lim mudiri F. Bekov.
“Din (E’tiqod) orqali qalblar (ruhlar) (mukammallashadi) mukammallikka erishadi, madaniyatlar birlashadi. Din (E’tiqod)faqat ezgu amallarni targ‘ib qiladi va ularning namoyon bo‘lishi yovuzlikni inkor etish va ijodiy g‘oyalarni amalga oshirishga intilish uchun asos bo‘lgan”, – deydi qirg‘izlar Milliy madaniy markazi raisi Raxmatullo Jabborov.
“Hozirgi vaqtda sayyoramiz barcha odamlar, xalqlar va millatlar uchun umumiy va noyob uyga aylanib bormoqda, deb hisoblashadi… Shu bilan birga, diniy bag‘rikenglik muhim tamoyildir”, – deydi O‘zbekistondagi qozoq milliy madaniyat markazi raisi Serikbay Usenov.
“… Dunyoda etnik va dinlararo mojarolar avj olganida, biz kelgusi hamkorlik orqali yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni bartaraf etishimiz mumkin, bu erda keng jamoatchilik, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar vakillari va chet ellik mutaxassislar munozaralarda faol ishtirok etishadi va o‘z maslahatlarini berishadi”, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar qo‘mita raisi Dilorom Fayzieva.
“Diniy bag‘rikenglik har doim diniy nafratga qarshi qalqon bo‘lib kelgan. Turli xil e’tiqodlarni bir maydonda va bir vaqtning o‘zida mavjudligi, ular o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlikning shakllanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu, o‘z navbatida, mamlakat tinchligi, taraqqiyoti va insoniyat madaniyatiga xizmat qiladi”, – dedi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, professor Shuhrat Yevkochev o‘z nutqi davomida.
Xristian konfessiyasi vakili bag‘rikenglikning ko‘p qirralari borligini ta’kidladi. Tolerantlik – sabrlilik deb tarjima qilinadi va shu ma’noda unga ma’lum darajada biroz sovuqroq rang beriladi. Ammo agar biz bag‘rikenglikning o‘zbek modeli haqida gapiradigan bo‘lsak, avvalo “keng qalb” deb tarjima qilingan «bag‘rikenglik» atamasiga e’tibor qaratishimiz kerak, bu erda har bir inson diniy, milliy va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, o‘z qalbini boshqasiga ochadi. Biz bir-birimizga yaqinroq bo‘lishimiz va yaxshiroq tushunishimiz kerak.
Mamlakatimiz aholisining 30 yoshgacha bo‘lgan qariyb 60 foizini tashkil etadigan yoshlar orasida bag‘rikenglikni keng targ‘ib qilish kerakligi ham ta’kidlandi. Shu munosabat bilan nafaqat rasmiy resurslardan, balki bizning yoshlar foydalanadigan va kengroq auditoriyaga ega bo‘lgan Internet tarmog‘idan ham foydalanishimiz kerak.