2021 йил 13-aпрeл куни бир гуруҳ тaлaбaлaр Xaлқaрo Ислoм Aкaдeмиясининг учтa диний улaмoлaри билaн биргaликдa Ўзбeкистoн Рeспубликaсидa рўйxaтдaн ўтгaн диний жaмoaлaр билaн тaнишиш дoирaсидa Бaҳoий мaркaзигa тaшриф  буюришди.

2021 yil 13-aprel kuni bir guruh talabalar Xalqaro Islom Akademiyasining uchta diniy ulamolari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan diniy jamoalar bilan tanishish doirasida Bahoiy markaziga tashrif  buyurishdi.

Uchrashuv o‘zbek tilida olib borildi, bu esa talabalarni mavzuga jalb qilishga va Bahoiy diniga oid turli savollarni berishga imkon yaratdi. Mehmonlarni Bahoiy Ta’limoti nuqtai nazaridan ro‘za tutish qonunlari, ibodatlar, o‘limdan keyingi hayot, do‘zax va jannat tushunchalari hamda Ilohiy Mazharlarning namoyon bo‘lishi va Yaratuvchining mohiyati kabi masalalar qiziqtirdi.

Uchrashuv engil, quvnoq va mehmondo‘st muhitda o‘tdi.