2019 yil 29 noyabr, Toshkent, O’zbekiston – O’zbekiston Bahoiylar hamjamiyati “City Palace Tashkent” mehmonxonasida Bahoiy E’tiqodi asoschilari Bob va Bahoulloh Hazratlarining 200 yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbirni tashkil etdi.
Mazkur shodiyona mehmonlarini davlat, madaniyat, diniy va jamoat tashkilotlari vakillari va keng jamiyatdagi do’stlar tashkil etdi. Tadbirda 250 ga yaqin mehmon qatnashdi.
Tadbir dasturidagi qabul qatorida Bahoiy Umumjahon Markazi tomonidan tayyorlangan “Nur shafag’i” hujjatli filmi va Ikki Yuz yillik yubileyga bag’ishlangan musiqiy dastur namoyish etildi.